Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi gul doʻkonlaridan birida mast holatdagi ayol qizini haqoratlab, urgani aks etgan videoxabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat boʻyicha munosabat bildirdi.
Unga koʻra, holat Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Oqibat” mahallasi Markaz-1 dahasida joylashgan doʻkonda yuz bergan. Oʻsha yerda boʻlgan fuqarolar jarayonni videotasvirga olib tarqatgan.
Holat Bolalar Ombudsmani tomonidan nazoratga olingan. Hozirda ona V.A.ning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Onasining bunday zoʻravonligidan jabr koʻrgan qizcha Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya koʻrsatish markaziga joylashtirilgan. Onani esa ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda”, — deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111862
Jamiyat
94682
Jamiyat
90678
Jamiyat
75359
Jamiyat
//
Izoh yo‘q