Siyosat
Qirq yildan ortiq vaqt davomida UNESCO Bosh konferensiyasining sessiyasi ilk bor Parij shahridan tashqarida oʻtkaziladigan boʻldi.
Fransiya poytaxtida oʻtayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining 42-sessiyasida Oʻzbekistonning navbatdagi, 43-sessiyani 2025-yilda Samarqandda oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlandi va tegishli qaror qabul qilindi.
“Bu diplomatik muvaffaqiyat”, — deya izohlagan qabul qilingan qarorni 42-sessiya raisi Simona-Mirela Mikulesku.
Qayd etish kerak, Bosh Assambleyaning sessiyasi oxirgi marta Parijdan tashqarida 1985-yilda (Sofiya, Bolgariya) boʻlib oʻtgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sessiyaning Oʻzbekistonda oʻtkazilishiga munosabat bildirar ekan, mamlakat uni eng yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun barcha kuchini safarbar etishi maʼlum qildi.
“Koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqi nomidan va shaxsan oʻz nomimdan barcha xorijiy doʻstlarimiz va sheriklarimizga UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda qadim Samarqandda oʻtkazish toʻgʻrisidagi tarixiy qarorni qoʻllab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Mintaqamizda birinchi marta oʻtadigan ushbu muhim global miqyosdagi tadbir xalqaro hamjamiyatga Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan sivilizatsion salohiyatini yana bir bor namoyish etishga xizmat qiladi, deb ishonaman”, dedi prezident.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q