Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 21-noyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlik kuchaytirish nazarda tutilgan qonun loyihasi koʻrib chiqilib, qabul qilindi.
Unda daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va yosh nihollarni noqonuniy kesish, ildizi bilan sugʻurib olish, shikastlash, nobud qilish yoki koʻchirib oʻtkazish uchun fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (amalda 5 baravaridan 10 baravarigacha edi), mansabdor shaxslar uchun esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (amalda 10 baravaridan 15 baravarigacha edi) jarima belgilanishi koʻzda tutilgan.
Yangi qonun loyihasi bilan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yoʻq qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik yoki shikastlantirganlik uchun maʼmuriy jazo choralari kuchaytirilib, bir-birini takrorlovchi normalar chiqarib tashlanmoqda.
Qonun kuchga kirsa, daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun yuridik shaxslar 99 mln soʻmgacha jarima toʻlashdan tashqari, har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup koʻchat ekishga va ularni 3 yil davomida parvarishlashga majbur boʻlishadi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q