Siyosat
21-noyabr kuni Prezident raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda vaʼdasini bajarmagan hokimlar jarimaga tortilishi, ularning yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflari umuman qabul qilinmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Prezident matbuot xizmatining yozishicha, toifasi oʻzgargan yerlar evaziga shu yilning oxirigacha 15 ming gektar yangi yerlar oʻzlashtirilishi kerak edi. Biroq 8 ming gektar yerlar haligacha oʻzlashtirilmagan.
Yil yakunigacha yangi yerlarni oʻzlashtirish vaʼdasini bajarmagan hokimlar jarimaga tortilishi, ularning yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflari umuman qabul qilinmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Kadastr agentligiga 2024-yil 1-martga qadar barcha sanoat yerlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, viloyat hokimlariga esa 2021-yilgacha ajratilib, qurilish boshlanmagan 7 ming gektar yerni zaxiraga qaytarish topshirildi. Bosh prokuraturaga bu borada qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.
Bundan buyon viloyat kadastr boshligʻini ishga qoʻyish va ishdan olish bosh vazir tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q