Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Saqlash
21:49 / 21.11.2023 1345 1

21-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, muloqot davomida Oʻzbekiston bilan Janubiy Koreya oʻrtasidagi doʻstlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqilgan.

Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi yigʻilishi doirasida oʻtgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Turli hamkorlik formatlarida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etilgan.

Yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish hamda Janubiy Koreyaning bank-moliya institutlari bilan yangi sheriklik dasturini shakllantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

“Qoʻshma Hukumatlararo qoʻmita yigʻilishini joriy yil oxirigacha oʻtkazishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar”, — deyiladi xabarda.

1 Izoh

KArip

20:11 / 22.11.2023

Благодаря этому диалогу между нашими странами будет развиваться еще больше

Izoh qoldirish

//