Jamiyat
2023-yil 20-noyabr kuni Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda “2024-yil uchun davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Mazkur hujjat 2024-yil uchun Oʻzbekiston byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq masalalarni qamrab olgan. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 2024-yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz etib belgilangan boʻlib, 2025-2026-yillarda bu koʻrsatkichni 3 foizdan oshirmaslik nazarda tutilmoqda.
Davlat budjetida ijtimoiy sohaga yana bir qator muhim xarajatlar koʻzda tutilmoqda. Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar toʻlash uchun 10 trln soʻmdan ortiq, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan onalarga nafaqalar toʻlash uchun 3,6 trln soʻmdan ortiq, mehnatga layoqatsiz va zarur ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolarga nafaqalar uchun esa 2,5 trln soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilishi rejalashtirilmoqda.
OʻzXDP fraksiyasi aʼzolarining taʼkidlashicha, ushbu xarajatlar aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jamiyatda barqarorlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega boʻladi.
Fraksiya aʼzolari kun tartibidagi masalalar yuzasidan keltirilgan raqamlar, taqdim etilgan maʼlumotlar, savol-javoblardan kelib chiqib, kelgusi yil uchun davlat byudjeti loyihasini qoʻllab-quvvatladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q