Toshkentda talaba yigit shifokorga qarata stul otdi

Saqlash
21:06 / 21.11.2023 1422 1

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida shifokor va fuqarolarning bir-birlari bilan janjallashayotgan holati aks etgan videotasvir muhokamalarga sabab boʻldi. Shifokor ayolga stul otgan yigit tuman prokurori yordamchisi ekani haqida mish-mishlar ham paydo boʻldi.

Bosh prokuratura mazkur videoxabarda koʻrsatilgan shaxs prokuratura organlarida xizmat qilmasligini maʼlum qildi. Oʻrganishga koʻra, videoxabardagi shaxs oliy taʼlim muassasasi talabasi.
 

“Oliy taʼlim muassasasi manfaatlariga zarar yetkazmaslik maqsadida boshqa maʼlumotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi xabarda.
 

 

Bundan tashqari, Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi ham holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, 6-noyabr kuni soat chamasi 16:00 lar atrofida 2001-yilda tugʻilgan fuqaro S.A. qabulxonaning yuz-jagʻ jarrohligi xonasiga yutinishdagi ogʻriqlar, chaynashning qiyinligi, ikkala tomon jagʻ osti sohasidagi shish va tana haroratining koʻtarilishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan. Bu paytda shifokor D. Muhiddinova navbatchilikda boʻlgan.

Fuqaro shifokor tomonidan koʻrilganda burun-halqum va bodomsimon bezlar giperemiyalashishi kattalashgani, giperemiya butun ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatiga tarqalgani, ikki tomonlama jagʻ osti va boʻyin limfa tugunlari simmetrik kattalashgani hamda tana harorati 37,5 darajadan yuqori ekanligi aniqlangan.

Shunga koʻra, shifokor tomonidan bemor virus etiologiyali rinofaringit yoki infeksion mononukleozga gumon qilinib, virusolog-mutaxassis koʻrigiga yuborilgan. Bundan esa u va yaqinlari norozi boʻlib, shifokorga oʻta qoʻpol munosabatda boʻlgan va unga qarata stul otgan.
 

“Ayni paytda mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Uning natijalari yuzasidan batafsil maʼlumot beriladi”, – deyiladi xabarda.

1 Izoh

Ergasheva Lola Farxodovna

15:11 / 23.11.2023

Ассалому алейкум. Бугунги кунда турли вирусли грип юқтирган бемотларда жараён турлича кечмоқда. Мени шикоятим. Ўғлим Тошкентга ўқийди, грип бўлган Тошкент шаҳрида жойлашган поликлиникага кундузги даволаниш учун мурожаат қилганда, қаерда рўйхатга турсанг шу жойдаги поликлиникадан рўйхатда бўлсанг ўша жойда даволанишинг мумкин деган фикрлар билдирилган. У талаба, айни дамда яъни грипга чалинган, даволанишга эҳтиёжи бор. Ким қанақа бўлишидан қатъий назар касалга амалий ёрдам берилиши керак.

Izoh qoldirish

//