Saudiya Arabistonida Oʻzbekiston madaniyati kunlari oʻtkaziladi

Saqlash
17:37 / 21.11.2023 1317 0

Saudiya Arabistonida Oʻzbekiston madaniyati kunlari oʻtkaziladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Saudiya podshohligi Madaniyat vazirining maslahatchisi doktor Xolid al-Rashud Oʻzbekistonning boy tarixi va yuksak madaniy merosi bilan Saudiya jamoatchiligini yaqindan tanishtirish uchun mazkur tadbirni tez kunlarda oʻtkazishdan oʻz mamlakati manfaatdor ekanligini maʼlum qildi.

U ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik maʼnaviy-madaniy aloqalar haqida toʻxtalar ekan, bugungi kunga kelib Oʻzbekiston — Saudiya madaniy munosabatlari yangicha oʻsuvchanlik bilan rivojlanayotganini taʼkidladi. Shu oʻrinda Oʻzbekiston Prezidentining 2022-yili Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgani ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy hamkorlikka yangicha mazmun bagʻishlagani alohida qayd etildi.

Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulugʻbek Maqsudov bunday tadbirlar “xalq diplomatiyasi”ning muhim qismi ekanligi haqida toʻxtalar ekan, Podshohlikda Oʻzbekiston madaniyati kunlarining oʻtkazilishi saudiyaliklarni Oʻzbekistonning koʻp qirrali madaniyati bilan yaqindan tanishishlari uchun juda yaxshi imkoniyat yaratishini aytdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//