Jamiyat
Do‘stlar, hamkasblar, oila a’zolari bilan qatnashishga moslashtirilgan intellektual va ko‘ngilochar formatdagi UzQuiz loyihasi hamkorlari soni yana bittaga ko‘paydi. Endilikda Oyina.uz portali ham hamkasblar va jamoatchilikning faol qatlamlarini birlashtiradigan va ishtirokchilar o‘rtasida jamoaviy ruhni shakllantiruvchi mazkur loyiha homiylaridan biri hisoblanadi. O‘yin allaqachon yoshlar, jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik faollari, davlat organlari xodimlari, tadbirkorlar va ijodkorlar uchun sevimli mashg’ulotga aylanib ulgurgan.
O‘yinda homiylar tomonidan 1-, 2-, 3-, 5-o‘rinlar, ekvator va oxiridan bitta oldingi o‘rinda turgan jamoalar taqdirlanadi. Endilikda 12-o‘rin maxsus Oyina.uz o‘rni etib belgilandi va uni band qilgan jamoaga “O‘zbek xalq yodgorliklari” kitobining 10ta jildi sovg‘a qilinmoqda.
O‘tgan hafta o‘tkazilgan, 40dan ortiq jamoa ishtirok etgan o‘yinda mazkur sovg‘alar “O‘zimiznikilar” jamoasiga nasib qildi. Kuchli uchlikni esa “Ухо Ван Гога”, “Sodiq school”, “Konstovarchilar” jamoalari band qildi.
Ma’lumot uchun bu kabi o‘yinlari bugungi kunga respublikaning turli nuqtalarida o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, UzQuiz, ZakovatQuiz hamda VodiyQuiz loyihalari ommalashgan.
Misol uchun UzQuiz o‘yini jami 8 raunddan iborat. Har bir raundda ma’lum mazmun va shakldagi 7 ta savol taqdim etiladi. Savollar ensiklopedik, test, mantiqiy, rasmli, musiqiy va video formatida bo‘lishi mumkin. Jamoalar javob variantlarni belgilangan vaqt ichida maxsus qog‘ozlarga yozib berishadi va hisob jamoasi tomonidan ballar qayd etib boriladi. Hamma raunddagi ballar qo‘shilib o‘yinning g‘olib uchligi va faol jamoalari aniqlanadi.
Oyina.uz bu kabi intellektual-ko‘ngilochar loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi va hamkorlikda davom etadi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q