Siyosat
Rejissor Ruslan Soliyev tomonidan suratga olingan jadidchilik tarixi haqida hikoya qiluvchi “Armon” hujjatli-musiqiy filmi YouTube'ga chiqarildi.
Film jadidchilikka asos solinishi tarixi, uning namoyondalari taqdiri, 1917-yilgi siyosiy voqealarining islohotchilar harakatiga taʼsiri, shuningdek, jadidlarning Oʻzbekiston tarixida qoldirgan izi haqida haqida hikoya qiladi. Filmda Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi maʼrifatparvarlik harakatlariga ham toʻxtalib oʻtilgan.
Jadidchilik harakatini oʻrganuvchi tadqiqotchilar, shuningdek, maʼrifatparvarlarning avlodlari — Hamidulla Boltaboyev, Qahramon Rajabov, Dilorom Alimova, Baxtiyor Hasanov, Timur Xoʻjaoʻgʻli, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, Sulaymon Inoyatov, Xondamir Qodiriy, Kristofer Jeyms Fort, Nigora Rahimjonova, Azalshoh Hamroyev, Mavluda Rahmonova, Rudolf Barxet, Shohruh va Farrux Behbudiy, Gavhar Zokirova, Shuhrat Saidjonov, Furqatbek Yakvalhojiyev, Adib Xolid, Marianna Kamp, Sergey Abashin, Mark Riz — film davomida XIX-XX asrlarda roʻy bergan tarixiy jarayonlar haqida oʻz hikoyalari bilan boʻlishgan.
Filmni suratga olish ishlari Oʻzbekiston, Rossiya va Turkiya davlatlarida amalga oshirilgan. Filmda oʻzbekistonlik ijodkorlar (xususan, aktyor Erkin Bozorov va jamoat faoli Said-Abdulaziz Yusupov) bilan bir qatorda boshqa mamlakatlarning sanʼatkorlari (jumladan, tojikistonlik Manija, qozogʻistonlik Asqar Ilyasov) ham suratga tushgan.
Filmning YouTube'dagi premyerasi 20-noyabr kuni soat 20:00 da boʻlib oʻtdi. Film 25-noyabr kuni markaziy telekanallarda namoyish etilishi kutilmoqda.
Filmni quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q