Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokamasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Bu sohani isloh qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida soʻnggi uch yilda banklar kapitali 1,8 baravarga, yillik kredit ajratish hajmi 2 baravarga koʻpaydi. 4 ta bank ilk bor “yevrobond” chiqarib, xalqaro kapital bozorlaridan 1 milliard dollar resurs olib keldi. Ipotekabankka strategik xorijiy investor jalb qilindi. 13 ta yangi xususiy bank tashkil etildi, Vengriya, Qozogʻiston va Gruziyaning nufuzli banklari mamlakatda faoliyat boshladi. Onlayn bank xizmatlari hajmi 2,7 barobarga oshdi.
Shu bilan birga, bank sektorida raqobat kuchaymoqda, bank xizmatlariga aholi va tadbirkorlar tomonidan talab oshmoqda. Bu sohada transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalarni belgilab olishni taqozo etmoqda
Xususan, davlat ulushiga ega banklarni xususiylashtirishga tayyorlash, ularning qimmatli qogʻozlarini IPOga chiqarish, sohaga tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha takliflar bildirildi. Xalqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirib, banklarning reytingini oshirish boʻyicha oʻrta muddatli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash tizimini zamon talablariga moslashtirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Yigʻilishda bank rahbarlari transformatsiya va xususiylashtirishga tayyorgarlik koʻrish, xodimlarni oʻqitish, sohada ilgʻor IT yutuqlarni joriy qilish boʻyicha rejalarini aytdi. Har bir bank oʻzi sarmoya kiritgan loyihalarni chuqur tahlil qilib, ishga tushishini kuzatib borishi, hududlar va sohalarda samaradorligi yuqori boʻlgan loyihalarni amalga oshirishi zarurligi taʼkidlandi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q