Oʻzbekistonda ayrim soha vakillarining oylik maoshlari 15 foizga oshiriladi

Saqlash
23:06 / 20.11.2023 1675 0

Prezident farmoni bilan baʼzi normativ huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–136-son farmonining 1-bandida nazarda tutilganlar 2024-yil-1-yanvardan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega boʻlgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi: Quyidagilar oylik lavozim maoshlari:

oliy va birinchi malaka toifalariga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15 foizga;

ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan va toifaga ega boʻlmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga;

tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.

Shuningdek, “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–190-son qaroriga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida hamda yoʻl-transport hodisalar oʻchoqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni oʻtkazmaslik va fuqarolarning yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari oʻrnatiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//