Jamiyat
AQSHga Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qoʻyib yuborilmaydi va immigratsiya ishi hal boʻlgunicha hibsda saqlanadi.
Qoʻshma Shtatlarning Toshkentdagi elchixonasining xabar berishicha, AQSH chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan shaxslar bu mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi.
“AQSH Qoʻshma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega boʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi boʻyicha Oʻzbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mamlakatdan chiqarib yuborish tijorat aviakompaniyalari hamda AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda.
AQSH-Meksika chegarasi orqali AQSHga noqonuniy migratsiya xavfli va qimmatdir. Kontrabandachilarning yolgʻon vaʼdalariga uchmang. Amerika Qoʻshma Shtatlariga sayohat qilish uchun xavfsiz va qonuniy vositalardan foydalaning.
Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila aʼzolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q