Hafta oʻrtalariga kelib havo sovishi kutilmoqda

Saqlash
14:11 / 20.11.2023 1190 0

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻyicha 20-24-noyabr kunlari uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

Bugun Oʻzbekiston hududi boʻylab havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kun oʻrtasiga borib havo +20...+23 daraja iliq boʻladi.

Ertaga yanada iliqroq boʻlishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati +24...+27 darajagacha koʻtariladi va respublikaning aksariyat qismida yogʻingarchilik kuzatilmaydi, faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

22-noyabr, chorshanba kuniga borib, shimoliy-gʻarbiy hududlardan kirib kelayotgan nam havo massasi butun Oʻzbekiston hududi boʻylab tarqaladi. Respublika hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi, togʻoldi hududlarida ayrim joylarda kuchli yomgʻir kuzatiladi.

23-noyabr kuni faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 24-noyabrda respublikaning barcha hududi boʻylab havo quruq boʻladi.

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik boʻladi, 22-23-noyabr kunlari vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻadi.

20-22-noyabr kunlari baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Havo harorati 22-24-noyabrda +13...+18 darajagacha, baʼzi joylarda +10...+12 darajagacha pasayadi. 23-24-noyabr kunlari kechasi harorat +3...+6 darajagacha pasayadi, shimolda -1...-3 darajagacha boʻlishi mumkin.

Poytaxtda bugun va ertaga yogʻingarchilik kutilmaydi. 22-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 23-24-noyabrda yana yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 22-noyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi +20...+22 daraja, ertaga +24...+26 daraja boʻladi. 22-24-noyabrda havo harorati +13...+18 darajagacha, 23-noyabrda +11...+13 darajagacha pasayadi. 21-22-noyabrda harorat kechasi +10...+15 daraja, 23-24-noyabrda +3...+8 darajagacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish