Jamiyat
Qishloq xoʻjaligi vazirligi noyabr oyida bodring va uzum narxi koʻtarilishi boʻyicha maʼlumot berdi.
Unga koʻra, bugungi kunda ochiq dalalarda yetishtirilgan bodring hosili yigʻishtirib olinib, isteʼmolchilarga yetkazib berildi. Ochiq dalalarda yetishtirgan mahsulotlarning narxi mavsumda 1 kg uchun oʻrtacha 1,5–2 ming soʻmni tashkil qildi. Oldingi yillarda ham noyabr oyi oʻrtalariga kelib bodring narxi oʻsishi kuzatilgan. Jumladan, 2021-yilda oldingi oylarga nisbatan noyabrda 1,3 barobarga, 2022-yilda 1,9 barobarga oshgan.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-oktabrdagi 567-sonli qarori qabul qilinib, issiqxonalarga kafolatlangan tabiiy gaz yetkazib berish belgilangandan soʻng issiqxonalarda ekin ekish ishlari boshlandi. Issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar noyabr oyi 3-dekadasi va dekabr oyi boshidan terimi boshlanishi bilan ichki bozorda narxlar barqarorlashishi prognoz qilinmoqda.
Koʻp yillik monitoring kuzatishlarga koʻra, noyabr–dekabr oylarida uzum mahsulotlari saqlash uchun joylashtirilishi unga boʻlgan narxlar oshishiga olib keldi. Xususan, 2022-yil noyabr oyi narxi oktyabrga nisbatan 111,5 foizga oshgan boʻlsa, joriy yilda mos ravishda bu koʻrsatkich 119 foizga oʻsgan.
Jumladan, mahsulot navi boʻyicha “husayni” 15–25 ming soʻm, “toyfi” 15–20 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, ichki va tashqi bozorda xaridorgir boʻlgan “Rizamat ota”, “mersedes” kabi navlariga talab oshgan (1 kg 90 ming soʻm atrofida).
Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxlari oshishi bilan bogʻliq vaziyat tabiiy holat boʻlib, bu qish mavsumi uchun issiqxonalarda bir muddat tayyorgarlik ishlari natijasida yuzaga kelgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q