Jamiyat
Toshkentning Yunusobod tumanida erkak oʻzi yashayotgan uyning 15-qavatidan sakrab, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar tarqatgan.
18-noyabr kuni soat 21:07 da IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga koʻra, 32 yoshli Sh.X. 23 yoshli rafiqasi N.R. bilan birga yashab kelgan uyning 15-qavatidan oʻzini tashlagan.
Erkak voqeadan ikki kun avval turmush oʻrtogʻiga osmonda uchgisi kelayotganini aytgan. U 2020-yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida “shizofreniya” tashxisi bilan roʻyxatda turib, davolanib kelgan.
Voqea sodir boʻlgan kuni erkak ishga bormasdan uyda qolishini aytgan. Ayoli ishdan kelguniga qadar Sh.X.oʻz joniga qasd qilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, oʻz joniga qasd qilish sabablari aniqlanmoqda.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112434
Jamiyat
95095
Jamiyat
91316
Jamiyat
76013
Jamiyat
//
Izoh yo‘q