Oʻzbekistonlik adiba xalqaro hikoyalar tanlovida gʻolib boʻldi

Saqlash
16:18 / 20.11.2023 3587 0

Shu kunlarda “Mahmud Qoshgʻariy nomidagi VII xalqaro hikoyalar tanlovi”ning gʻoliblari eʼlon qilindi. Ular orasida oʻzbekistonlik ijodkor ham bor. Bu gal Turkiya Respublikasining 100-yilligi va TURKSOY tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan “Mahmud Qoshgʻariy hikoyalar tanlovi” da oʻzbekistonlik adiba Shohida Ulugʻ “Buyuk yolgʻizlik” asari bilan 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Tanlovda birinchi oʻrin Elmira Acukanova (Qirgʻiziston) “Mening singlim” hikoyasiga, ikkinchi oʻrin esa turkiyalik Neslihan Aksoyjuk “Tozalash” hikoyasiga nasib etdi.

 

Shahodat Ulugʻ Nurota shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Ayni vaqtda Niderlandiyada yashab, ijod qilayotgan adibaning “Qayta tugʻilish”, “Gʻanimatim” kitoblari, “Aftondil”, “Suyunchi”, “Shams, Qamar – Qurbongul” nomli dostonlari nashr etilgan. Shuningdek, adiba Xorazmshohlar tarixidan hikoya qiluvchi uch roman – “Jayxun epkinlari”, “Sen yigʻlama faqat”, “Xaloskor sulton Qutuz” trilogiyasi muallifi ham hisoblanadi,

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//