Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 217-maktab direktorining oʻquvchini kaltaklagani aks etgan videoxabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar MMTB holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi. Unga koʻra, videodagi voqea 2023-yil 19-sentabr kuni roʻy bergan. Shu kuni 217-maktab 8-“B” sinf oʻquvchilari A.M. hamda Sh.I. sinfxonada oʻzaro mushtlashib qolgan. A.M. sinfdoshining yuziga musht tushirib, tan jarohati yetkazgan. Bundan xabar topgan maktab maʼmuriyati oʻquvchilarni direktor xonasiga chaqirgan.
Maktab direktori Y.Sh. maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari G.X., Chilonzor tuman IIO FMB HPB VEMB inspektor psixologi, katta leytenant M.I. guvohligida oʻquvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borgan. A.M.ga tanbeh berish chogʻida maktab direktori jahl ustida uni soʻkib, kaltaklagan va tartibga chaqirgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari, maktab maʼmuriyati, oʻqituvchilar, IIB xodimlari va ota-onalar ishtirokida ham yigʻilish oʻtkazilgan.
Ayni paytda yuqoridagi holat huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻrganilmoqda.
Toshkent shahar MMTB pedagoglarga murojaat qilar ekan, oʻquvchilarga nisbatan zoʻravonlik ishlatish, jumladan, ularni haqoratlash, kaltaklash pedagog etikasiga toʻgʻri kelmasligini, buning uchun qonunchilikda jazo choralari belgilab qoʻyilganligini eslatdi.
“Hurmatli pedagoglar! Yuqoridagi kabi xunuk holat pedagog obroʻsiga putur yetkazadi, xolos”, deyiladi Toshkent shahar MMTB xabarida.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Собирхон
02:11 / 21.11.2023
Директор юз фоиз хак. Хозирги ешларда, жуда сурбетлик кучайиб кетган. Айникса ота-оналари фарзандини тарафини олаверса эртага халол еш авлод колмайди. Хаммаси юзсиз миллий кадрият нималигини билмайдиган ешлар етишиб чикади. Биз хам ешлигимизда укитувчилари издан танбех эшитганмиз, калтак хам еганмиз. Бу бизни келажагимиз учун факат фойда булганхолос. Укитувчи бекордан бекорга урмайди. Болалар устозини ва мактабни хурмат килмаса уриб тугри килади.. Мактаб формасига хам дарс жадвалига хам укувчилар ва ота-оналари бефарк карашмокда. Мактабни масхара килиб олганлар купайиб кетияпти. Бунака укувчиларни мактабдан четлаштириш керак.