Jamiyat
Toshkent shahrining “Xalqlar doʻstligi” maydonida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va tegishli vazirliklar hamkorligida Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligini keng nishonlash maqsadida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida tantanali bayram tantanalari oʻtkazilmoqda.
Unda davlat va jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, sportchilar, harbiylar, Milliy gvardiya otliq qismlari, faol yoshlar, OAV vakillari va keng aholi ishtirok etmoqda.
Tadbirni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo kirish soʻzi bilan ochib berar ekan, davlat bayrogʻi xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagini oʻzida mujassam etganini alohida taʼkidladi.
– Davlatimiz bayrogʻi – yurtimizning ramzi sifatida yer yuzida mustaqil Oʻzbekiston davlati borligini anglatadi, – deb soʻzini boshladi RMMM rahbari. – Prezidentimizning xorijiy davlatlarga safarlari davomidagi oliy darajadagi uchrashuvlar chogʻida, sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan paytlarida Oʻzbekiston davlat madhiyasi chalinib, bayrogʻimiz koʻtarilganda tanimizni yoqimli titroq chulgʻaydi, koʻzlarimizga yosh qalqiydi. Bu holni tushuntirib, ifodalab berish qiyin. Lekin aminmanki, bu tuygʻu nima ekanini Oʻzbekistonni jon dilidan sevguvchi farzandlari yaxshi anglaydi, yurakdan tuyadi.
Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulugʻ sanaladi. Chunki u xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagini oʻzida mujassam etgan vatanning yorqin timsolidir. Shunday ekan, milliy davlatchiligimiz va qadrimiz timsolini hamisha eʼzozlaylik va boshimiz uzra baland koʻtaraylik!
Oʻzbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoati, qatʼiy iroda, kuch va qudratini mujassam etgan bayrogʻimiz osmon qadar yuksalaversin! Bugungi qutlugʻ bayram barchamizga muborak boʻlsin, mustaqilligimiz timsoli boʻlgan yurtimiz bayrogʻi mangu hilpirab tursin!
Shuningdek, davlat bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan hududlarda ham qator tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, poytaxtning “Beruniy maydoni”da, Mirobod tumanida joylashgan Temurbeklar maktabida, Uchtepa tumanidagi Aliya sayilgohida, bundan tashqari, aksariyat OTMlarda “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbirlar tashkil etildi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q