Dam olish kunlarida harorati pasayadi, yomgʻir ham yogʻadi

Saqlash
22:26 / 17.11.2023 1880 0

Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi, deb xabar berdi Oʻzgidromet.

Juma kuni Oʻzbekiston hududida juda iliq va quruq boʻlgan ob-havo saqlanib turdi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida Navoiy, Buxoro viloyatlarida kechga tomon baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati +22…+27 daraja atrofida boʻladi.

Shanba kuni respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, togʻlarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, Surxondaryo viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarining quruq havo saqlanib turadi.

Yakshanba kuni respublikaning katta qismida yogʻingarchilik toʻxtaydi, faqat Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarining baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

Harorat dam olish kunlari kechasi +5…+10 darajagacha, kunduzi +13…+18 darajagacha pasayadi. Baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi, 18-noyabrda 21−23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida juma kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 19-noyabr biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 18-noyabr 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi +24…+26 daraja boʻladi, 18-noyabrda +20…+22 darajagacha, 19-noyabrda +16…+18 darajagacha asta-sekin pasayadi. Shanba kuni havo harorati kechalari +7…+9 darajagacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//