Jamiyat
Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 6-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Yorqinoy Mamatisaqova oʻz maoshidan oʻquvchilarga stipendiya berishni yoʻlga qoʻydi.
U 30 yildan buyon rus tili va adabiyoti fanidan oʻquvchilarga saboq berib keladi. Ijodkor pedagog taʼlim jarayoniga koʻplab yangiliklarni joriy etib, oʻgʻil-qizlarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan ularning qiziqishini fanga oshirib kelmoqda, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi.
Yorqinoy Mamatisaqova oʻz ustida ishlab, izlanishi jarayonida xorijlik pedagoglar tomonidan yoʻlga qoʻyilgan yaxshi tajribadan xabar topgan. Bu tajribani oʻzi taʼlim beradigan 10-B sinfida oʻtkazib koʻrishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi.
Pedagog 1-chorak yakuni boʻyicha 4 nafar aʼlochi oʻquvchini aniqlab, ularga “Ustoz stipendiyasi” berishni yoʻlga qoʻydi. Eʼtiborlisi, mazkur stipendiyani sinf rahbarligi uchun toʻlanayotgan maoshidan ajratdi. Yana 12 nafar aʼlochi oʻquvchilarini taqdirlab, kelgusida boshqa oʻquvchilarning ham yaxshi oʻqishi uchun motivatsiya bera boshladi.
“II chorakdan stipendiya olish uchun koʻp oʻquvchilarim harakat qilmoqchi. Bir oyda sinf rahbarlik uchun oladigan maoshim oʻquvchilarimga ketsa ham ularni ragʻbatlantirishdan zavqlanaman. Boisi, bu stipendiyani joriy qilganimdan soʻng oʻquvchilarimning ota-onasi qoʻngʻiroq qilib, rahmat aytishdi. Farzandi uyga pul solingan konvertni ochmay olib borib, ota-onasiga berganini quvonch bilan gapirishdi. Oila davrasida ochilgan konvertni uy toʻriga qoʻyib qoʻyishibdi. Oʻquvchilarim koʻzidagi quvonch menga olayotgan maoshimdan koʻra koʻproq huzur beradi”, deydi u
Yorqinoy Mamatisaqova, shuningdek, maktabda oʻz mablagʻlari hisobidan “Qoʻgʻirchoq teatri” ochib, qoʻgʻirchoqlar yasab, ansambl uchun kiyimlar tiktirgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Axmedova Dildora Dilshodovna
21:11 / 23.11.2023
Qoyil, Olloh rivoj bersin ishingizga! Men ham oʻqituvchiman, koʻzlarimdan yosh tomchilari chiqib ketdi, bolalar quvonchini his qilib.