“Suv – tekin emas” degan gʻoyani kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa boʻlishi lozim – Prezident

Saqlash
20:28 / 17.11.2023 1688 0

Termiz shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda yaqin yigirma yilda Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foiz kamayishi kutilayotgani taʼkidlandi.

Suv tejovchi texnologiyalar kengaytirilmoqda, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi.

Surxondaryoda 80 foiz yerlar nasos orqali sugʻoriladi. Biroq 52 ta nasosning xizmat muddati 40 yildan oshgan.

Oqibatda, suv tannarxi 2 barobar qimmatga tushyapti, yiliga 20 million kilovatt soat elektr behuda sarflanyapti, yana 20 ming gektarda suv taʼminoti yomonlashgan.

Shuningdek, 1 ming 700 kilometr sugʻorish tarmogʻining yarmi tuproq oʻzanli boʻlgani uchun 35 foiz suv yoʻqotilyapti.
 

“Suv – tekin emas” degan gʻoyani aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa boʻlishi lozim”, – dedi Prezident.
 

 

Mutasaddilarga 47 ta kanalni betonlash boʻyicha ikki yillik dastur ishlab chiqish, suv yoʻqotilishi koʻp boʻlgan 6 ta kanalni taʼmirlash, kelgusi yilda “Sherobod magistral” kanalini taʼmirlashga 60 million dollar jalb etib, 90 ming gektar yerlarni tiklash boʻyicha topshiriq berildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//