Ertaga aksariyat hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Saqlash
17:42 / 17.11.2023 1628 0

“Oʻzgidromet” 18-noyabr, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11...+13 daraja, kunduzi +20...+22 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +6...+11 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda 21-23 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +15...+20 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda 21-23 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +17...+22 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +19...+24 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, Toshkent viloyatining baʼzi joylarida kuchli boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +7...+12 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//