Jamiyat
Prezident farmoyishi (F–72-son, 16.11.2023-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq, jumladan:
tuman va shahar markazlarida “Konstitutsiya koʻchasi” tashkil etiladi;
jurnalist va blogerlar oʻrtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovi oʻtkaziladi;
yangi tahrirdagi Konstitutsiya 3 ming nusxada brayl alifbosida nashr etiladi;
Konstitutsiyaning yaratilish tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlari koʻrgazmasi tashkil etiladi;
davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi;
maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya – kelajagim mashʼali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovi oʻtkaziladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q