Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent” xalqaro aeroportida yoʻlovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi bilan bogʻliq xayriya aksiyasi oʻtkazilayotgani haqida maʼlumot tarqaldi.
Shu munosabat bilan “Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi axborot xizmati quyidagilarni maʼlum qildi.
Oʻzbekistonning 11 ta xalqaro aeroportlaridan birortasi, shuningdek, UzCargo vaUzbekistan Airports Handling shoʻba korxonalari tomonidan yoʻlovchilarning unutilgan yuklari sotilmaydi va uchinchi shaxslarga topshirilmaydi. Barcha yoʻqolgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlanadi va saqlash muddati tugashi bilan utilizatsiya qilinadi.
“Uzbekistan Airports” sizni yolgʻon maʼlumotlarga ishonmaslikka va firibgarlarga pul oʻtkazmaslikka chaqiradi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112434
Jamiyat
95095
Jamiyat
91316
Jamiyat
76013
Jamiyat
//
Izoh yo‘q