Jamiyat
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Chust tumanida bogʻcha bolalarini kaltaklagani tasvirlangan videodagi tarbiyachi yuzasidan maʼlumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqda Chust tumanidagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga doir “Bogʻchada yana bolalar kaltaklandi” nomli video tarqaldi. Video tasvirga koʻra, bogʻcha tarbiyachisi tarbiyalanuvchini yechintirish chogʻida qizchaning yuziga tarsaki tushirgani, ijtimoiy tarmoqning boshqa bir kanalida esa aynan shu tarbiyachi tarbiyalanuvchilar oʻrindigʻida uxlab yotgani va yana bir qator salbiy xatti-harakatlari aks etgan.
Mazkur hodisa viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi hamda boshqarmaning tegishli mutaxassislari ishtirokida tezkor oʻrganish tashkil etilgan.
Aniqlanishicha, mazkur hodisa tashkilot tarbiyachisi G.I. tomonidan sodir etilgan va bu xatti-harakat 2022-yilning may oyida roʻy bergan. Tarbiyalanuvchi G. ismli qizaloqning kaltaklanishi bilan bogʻliq ushbu hodisa nomaʼlum sabablarga koʻra, hozirga qadar ochiqlanmay qolgan.
Shuningdek, tashkilot tarbiyachisi G.I. oʻzining salbiy xatti-harakatlarini davom ettirib, 2022-yilning iyun oyida tashkilotning X. ismli tarbiyalanuvchisiga nisbatan ham sodir etgan. 2022-yilning 17-iyun kuni ushbu masala tashkilotning Kuzatuv kengashi aʼzolari ishtirokida koʻrib chiqilgan va G.I. tarbiyachi lavozimidan ozod etilib, “kirchi” vazifasiga tayinlangan.
Bundan tashqari, fuqaro G.I.ning jamiyatda oʻzini tutishiga doir masala “Yorqishloq” mahalla fuqarolar yigʻinida ham bir necha marta koʻrib chiqilgan.
Ayni paytda fuqaro G.I. sodir etgan hodisa yuzasidan toʻplangan xulosaviy materiallar huquq-tartibot organlariga havola etish va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish choralari koʻrilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q