Siyosat
Surxondaryo viloyatida Toʻpalang daryosining quyi qismida kichik GES – “Zarchob-3” loyihalashtirildi. Davlat rahbarining viloyatga tashrifi chogʻida uning qurilishiga tamal toshi qoʻyildi.
Uning quvvati 16 megavatt boʻladi va yiliga 70 million kilovatt/soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi. U tabiiy va qayta tiklanuvchanligi bilan ahamiyatli. Shuningdek, boshqa quvvatlar asosan kunduz kuni ishlab chiqarilgani bois, bu yoʻnalish energetika tizimida rostlovchi vazifasini ham oʻtaydi. Olinadigan elektr tannarxi ham boshqa manbalarga nisbatan ancha arzon.
Hozirgi tizim boʻyicha, daryo suvi maxsus bosim ostida avval Toʻpalang GESiga yoʻllanadi. Undan keyin bir biridan uncha uzoq boʻlmagan Zarchob stansiyalaridagi parraklarni aylantiradi.
Shuningdek, xususiy sektor tomonidan mikro GESlar barpo etishga ham keng imkoniyat berilmoqda. Buning uchun huquqiy, iqtisodiy sharoitlar yaratilgan. Jumladan, kichik va mikro GESlarni qurish istagidagi tadbirkorlarga yerlarni 20 yil muddatga ijaraga berish, ular ishlab chiqargan elektrni davlat tomonidan kafolatli sotib olish tizimi joriy qilingan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q