Jamiyat
Toshkent shahrining bir nechta koʻchalari “Yangi nafas” hamda “Ekiden” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari sabab 2 kunga yopiladi.
Poytaxt hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, 19-noyabr kuni Davlat bayrogʻi kuni va Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan “Yangi nafas” hamda “Ekiden” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari boʻlib oʻtadi. Tadbirlar munosabati bilan shahrimizning bir necha koʻchalari vaqtincha yopiladi.
17-noyabr kuni soat 00:00 dan 19-noyabr kuni soat 12:00 gacha:
Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismi;
19-noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha:
Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy koʻchalari.

Haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya etilgan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111052
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74525
Jamiyat
//
Izoh yo‘q