Jamiyat
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi.
Taʼkidlanishicha, soʻnggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida internetdagi eʼlonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish boʻyicha muammolar yuzaga kelmoqda. Murojaatlardan maʼlum boʻlmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (“zakladka”) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
“Shu munosabat bilan yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni soʻraymiz”, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya qonunchiligiga koʻra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111052
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74525
Jamiyat
//
Izoh yo‘q