Jamiyat
AQSHda oʻqiyotgan oʻzbekistonlik talabalar soni ming nafardan oshdi.
AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot xizmatiga koʻra, Xalqaro taʼlim almashinuvi boʻyicha 2023-yilgi “Ochiq eshiklar” (Open doors) hisobotiga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilida AQSHda taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni 1000 nafardan oshgan. Bu oʻziga xos yangi rekord boʻlib, koʻrsatkich oʻtgan oʻquv yiliga nisbatan 72,6 foizga oʻsgan.
Hisobotda aytilishicha, 2021/2022-oʻquv yilida 631 nafar oʻzbekistonlik talaba AQSH oliy taʼlim muassasalarida tahsil olgan boʻlsa, 2022/2023-oʻquv yiliga kelib, u yerda oʻqiyotgan oʻzbekistonliklar soni 1089 nafarni tashkil etgan.
Bularning:
57,2 foizi bakalavriat bosqichiga qabul qilingan,
29,9 foizi magistratura bosqichida oʻqigan,
7,9 foizi fakultativ amaliy mashgʻulotlarda qatnashgan,
5 foizi esa ingliz tili yoki boshqa qisqa muddatli taʼlim dasturlariga oʻqishga kirgan.
Oʻtgan oʻquv yilida AQSHdagi xalqaro talabalar soni 1 milliondan oshib, oʻtgan yilga nisbatan 14 foizga oʻsgan va yangi yuqori koʻrsatkich 1,057,188 talabani tashkil etgan.
Xalqaro taʼlim instituti (IIE) va AQSH davlat departamentining Taʼlim va madaniyat masalalari byurosi (ECA) tomonidan tuzilgan “Ochiq eshiklar 2023” dasturi AQSH xalqaro talabalar uchun eng yaxshi manzil boʻlib qolayotganini taʼkidlaydi. Qoʻshma Shtatlarning oliy taʼlim sohasidagi global yetakchiligini eʼtirof etishda davom etayotgan bu talabalar Amerikaga dunyoning deyarli barcha davlatlaridan keladi.
2021/2022-oʻquv yilida 188 753 nafar amerikalik talaba chet elda tahsil olgan boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 13 baravar koʻp va pandemiyadan oldingi darajaning yarmidan koʻprogʻini tashkil etadi.
2023-yilgi “Ochiq eshiklar” hisoboti haqida batafsil maʼlumotni quyidagi havola orqali koʻrish mumkin.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q