Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning “Mamlakatimizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning holati va istiqboli toʻgʻrisida”gi axborotini eshitdilar.
Vazir oʻz chiqishida Namanganda bolalarning yod preparatidan zaharlanish voqeasiga ham toʻxtalib oʻtdi.
“Antistrumin” voqeasini olaylik, bu “peredozirovka” ekanligini vazirlik yuz foiz tan olyapti. Bu holat bilan bogʻliq boʻlgan barcha masʼul xodimlar hozir qonun oldida javob berishni boshlayapti va, albatta, javob beradi ham.
Endi bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslikni shaxsan men vazir sifatida zimmamga olaman. Tizimda kamchilik va muammolar juda koʻp yigʻilib qolgani uchun tizimli yondashuvni boshlaganmiz”, dedi Amrillo Inoyatov.
Sentabr oyida Chust tumanidagi ayrim bogʻchalarning yuz nafarga yaqin tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining koʻtarilishi, qusish, qorin ogʻrigʻi alomatlari kuzatilgan va ular shifoxonaga yotqizilgandi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgani aytilgandi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi bayonot berib, holat nazoratga olinganini qayd etgandi. Maktab va bogʻchalarga tarqatilgan yod preparati isteʼmoli toʻxtatilgandi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q