Oʻzbekistonda davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan yugurish musobaqalari oʻtkaziladi

Saqlash
16:45 / 15.11.2023 1262 0

Joriy yil 19-noyabr kuni respublikaning 16 ta shahrida 18-noyabr – Oʻzbekiston davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi.

“Dunyo” AAning xabar berishicha, ommaviy yugurish musobaqasi respublikaning 15 ta shahrida 3 km, poytaxtda esa 3 va 10 km masofalarga oʻtkaziladi. Umumiy hisobda, Toshkent shahrida oʻtadigan tadbirda 6000 mingdan ziyod, respublika miqyosida esa 100 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqada qatnashish uchun qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan ham sportchilar taklif etilgan.

Milliy Olimpiya qoʻmitasiga koʻra, anʼanaga muvofiq, “Humo arena” majmuasining oldidagi maydon Toshkentda oʻtadigan poyganing start va finish nuqtasi sifatida belgilandi. Barcha hududlardagi bellashuvlarga 19-noyabr kuni soat 07:30 da start beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//