Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Prezidentning “Toshkent davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” qarori loyihasi
Unda belgilanishicha:
universitet tibbiyot sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
universitet Toshkent tibbiyot akademiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan talabalar universitetda mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida oʻqishini davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi universitet diplomi beriladi;
universitet klinikasi, akademik litseyi, Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutining muassisi universitet hisoblanadi va ularning faoliyati universitet tomonidan muvofiqlashtiriladi;
universitet tarkibiy tuzilmalari davlat muassasalari hisoblanadi va shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
universitetning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari universitet kengashining taqdimnomasiga koʻra sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q