Siyosat
Kecha Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya poytaxtiga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Ravshan Usmonov 2018-yildan shu kunga qadar Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchisi lavozimida ishlagan. U 2000-yildan tashqi siyosat boʻlimida ish boshlagan, markaziy apparatda va Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan. Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va NATO bilan hamkorlik boʻyicha direksiyasini boshqargan.
Shuningdek, Ravshan Usmonov Fransiyada va bir vaqtning oʻzida vaqtincha Italiya hamda Portugaliyada elchi lavozimida ham ishlagan.
Ravshan Usmonov 2019-yildan beri Londondagi elchi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov oʻrnini egalladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q