Saida Mirziyoyeva xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashdi

Saqlash
14:29 / 15.11.2023 1232 0

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashdi. Bu haqda u oʻz Telegram kanalida yozib qoldirdi.

Ular hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqqan.
 

“Ilmli, oʻziga ishongan, munosib avlodni tarbiyalashni maqsad qilgan ekanmiz, bizga ikkita narsa: ona tilimizga muhabbat va xorijiy tillarni puxta oʻrganish kerak.

Chet tilini bilish – dunyo sarhadlari, global axborot eshiklarini ochish, yangi bilimlarni egallash kalitidir.

Bugun xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashib, hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqdik. Bu ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni oʻrgatuvchi besh yuzdan ziyod malakali oʻqituvchilar demakdir.

Bolalarimiz eng yaxshi ustozlardan saboq olish, oʻqituvchilarimiz zarur mahorat darslarida oʻz bilimini oshirish imkoniga ega boʻladilar, mamlakatimizda esa hech qanday chegara bilmaydigan bilimli avlod yetishib chiqadi.

Yoshlar taʼlimiga sarmoya – yanada yaxshiroq kelajak uchun sarmoyadir”, — deb yozgan Saida Mirziyoyeva.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//