Yirtilib boʻlaklarga ajrab qolgan va yelimlangan pullar savdoda qabul qilinadimi?

Saqlash
22:49 / 14.11.2023 1349 0

Yirtilib boʻlaklarga ajrab qolgan va yelimlangan pullar har qanday savdoda qabul qilinishi kerak.

Faqat bu holda yelimlangan pulning qismlari bitta banknotaga tegishli boʻlishi lozim. Misol uchun, 100 ming soʻmlik pul yirtilsa, unga faqat shu banknotaning yirtilgan qisminigina yelimlash mumkin (boshqa 100 ming soʻmlik pulning yirtilgan qismini emas).

Bundan tashqari, quyidagi holatlarda ham pullar ishlatishga yaroqli hisoblanib, hech qanday moneliksiz toʻlovga qabul qilinishi va tushum puli sifatida banklarga topshirilishi mumkin:

har qanday qismida teshik yoki yirtilish boʻlgan, qogʻozi siyqalangan (ishqalanish oqibatida yupqalashib, yumshoq qogʻoz koʻrinishiga kelib qolgan) hamda dogʻlari boʻlgan va turli rasm va yozuvlar yozilgan banknotlar;

boʻyoq moddalari yoki kislota toʻkilgan, tabiiy rangi oʻzgargan, kuygan, boʻyalgan yoki chizilgan pullar;

umumiy hajmining 55 foizidan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan banknotlar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//