Jamiyat
Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxati kengaytirildi.
11-noyabr kungi 193-sonli prezident farmoniga asosan, roʻyxatga quyidagi 19 ta faoliyat turi qoʻshildi:
qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar toʻqish;
uy sharoitida loydan tandir tayyorlash;
atlas va adras toʻqish;
mayda munchoq (biser) tikish;
doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash;
quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish;
qoʻziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish;
pichoq tayyorlash, charxlash va sotish;
qogʻozdan qutilar, banderollar tayyorlash;
uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish;
tayyor mahsulotga etiketka biriktirish;
uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish;
uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash;
yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash;
milliy taqinchoqlar yasash;
kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash;
dagʻal jundan gilam, koʻrpa va yostiq tayyorlash.
Shu tariqa, oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari roʻyxati 101 ta bandga yetdi.
Roʻyxatga kiritilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar Soliq ilovasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, qonuniy ishlashi mumkin. Ular daromad soligʻidan ozod etilgan, faqat 1 yil uchun 1 BHM – 330 ming soʻm miqdorida ijtimoiy soliq toʻlashlari lozim.
2024-yildan eʼtiboran yillik daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi 4 foizlik soliqqa tortish rejalashtirilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q