Jamiyat
Bugun, 13-noyabr kuni soat 16:30 da “12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|947 YJA boʻlgan, “MAN” rusumli avtobusda yongʻin hosil boʻlgani haqida video tarqaldi.
“Toshshahartransxizmat” AJ mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi. Ushbu avtobus 2022-yili ishlab chiqarilgan boʻlib, tasarruf boshidan buyon 97 500 km masofani bosib oʻtgan. Dastlabki maʼlumotga koʻra, yongʻin avtobus haydovchisi oʻrindigʻi orqasida joylashgan elektr simlarini birlashgan blok qismida qisqa tutashuv natijasida sodir boʻlgan. Avtobus kafolat muddatida tasarruf etilayotganligini inobatga olib, yongʻinning aniq sababi avtobus ishlab chiqaruvchi zavod “TRUCK and BUS MOTORS” MCHJ mutaxassislari bilan birgalikda aniqlanmoqda.
“Yongʻin qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga soat 16:36 da yetib borib yongʻin bartaraf etilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yoʻq. Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik boʻlimi xodimlari tomonidan ham xizmat tekshiruvi olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q