Jamiyat
Ish haftasi davomida respublika boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Hafta boshida baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Dushanba kuni Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +13…+18 daraja iliq atrofida boʻladi.
Havo harorati kundan-kunga koʻtarilib, ish haftasining ikkinchi yarmida kunduz kungi havo harorati +21…+24 daraja iliqqacha, respublika janubida baʼzi joylarda +25…+27 darajagacha iliq boʻladi.
Havo harorati hafta oxiriga kelib, kechasi +7…+10 daraja iliqqacha koʻtariladi. Bunday harorat foni noyabr oyining oʻrtalari uchun iqlim qiymatlaridan +5…+8 daraja yuqori hisoblanadi.
Poytaxtda 13−17-noyabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan oʻrtacha tezlikda esadi.
Dushanba kuni kunduzi havo harorati +14…+16 daraja iliq, keyinchalik kunduzgi harorat koʻtarilib, 16−17-noyabrda +21…+23 daraja iliq boʻladi. Kechasi harorat +5…+7 daraja iliqdan, +8…+10 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q