Jamiyat
Bugun, 13-noyabr kuni soat, taxminan, 09:15 lar atrofida Toshkent metropoliteni “Oʻzbekiston” yoʻnalishining “Alisher Navoiy” bekatidan harakatlanishni boshlagan 40-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning natijasida ushbu harakat tarkibi tonnelning kirish qismida 15 daqiqa vaqt davomida toʻxtatilgan.
“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati maʼlumot berishicha, yoʻlovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yoʻnalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida, ortidagi 39-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yoʻlagiga olib borilgan.
Hozirgi vaqtda yoʻnalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q