Jamiyat
Toshkentda bundan bir hafta avval isitish mavsumi boshlangandi. Ijtimoiy tarmoqlarda shahardagi ayrim joylarda, xususan, Chilonzor tumanidagi koʻpqavatli uylarga issiqlik quvvati yetib bormayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati munosabatiga koʻra, kuz-qish mavsumiga har tomonlama mukammal tayyorgarlik koʻrilgan va ayni vaqtda bu ishlar davom ettirilmoqda. 13-oktabrdan maxsus ishchi guruh tashkil etilgan holda barcha koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlari toʻliq xatlovdan oʻtkazildi. Natijada tumandagi 482 ta obyektlarda, jumladan, 467 ta koʻp qavatli uyda muammolar aniqlandi va bartaraf etildi.
Bugungi kunda tumanda mavjud 1238 ta koʻpqavatli uylardan 1219 tasiga issiqlik quvvati yetkazib berildi. Qolgan 19 ta koʻpqavatli uylarning yertoʻla kommunikatsiya tarmoqlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda va tez kunlarda ushbu uylarga ham issiqlik quvvati toʻliq yetkazib beriladi.
Issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi Veolia Energy Tashkent axborotida maʼlum qilinishicha, poytaxtdagi 1 852 ta ijtimoiy obyektning 96 foizida issiqlik taʼminoti ishga tushirildi, 8 900 ta binodan 8 615 ta turar-joy binolarida issiqlik taʼminoti yoʻlga qoʻyildi, bu umumiy binolarning 97 foizini tashkil etadi. Qolgan binolar isitish tizimiga ulanish bosqichida.
Bildirilishicha, agar uyda issiq suv taʼminoti yoki issiqlik taʼminoti boʻlmasa, dastlab uy ichidagi isitish tizimlariga masʼul boʻlgan uy boshqaruvchi kompaniyalarga murojaat qilish lozim. Agar issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi tomonidan muammolar aniqlansa, Veolia Energy Tashkent tuman boʻlimlariga murojaat qilish kerak.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q