Jamiyat
Toshkent shahrida bir qator avtobuslar harakat yoʻnalishiga 2023-yil 10-noyabr kunidan boshlab oʻzgartirish kiritildi.
“Toshshahartransxizmat”ning maʼlum qilishicha, “1-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 12-sonli “Food city savdo markazi — Boshliq mavzesi” avtobus yoʻnalishining harakati Food city savdo markazi bekatidan Qoʻyliq dehqon bozori bekatigacha qisqartirilgan va yoʻnalish nomi 12-sonli “Qoʻyliq dehqon bozori — Boshliq mavzesi” avtobus yoʻnalishi deb nomlandi.
“1-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 26-sonli “Majnuntol mahallasi — Oloy bozori” va 54-sonli “Qoʻyliq 1-mavzesi — Doʻstlik metrosi” avtobus yoʻnalishlarining hamda “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 30-sonli “Olmos mahallasi — Toshkent MUM” avtobus yoʻnalishining harakati Ohangaron shohkoʻchasi va Shohimardon koʻchasi kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali oʻzgartirildi.
“12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 133-sonli “Qipchoq ASHB — Food city savdo markazi” avtobus yoʻnalishining Food city savdo markazidan qaytish harakati Gulzor mahallasiga kirmagan holda 4P21, Jaloir mahallasi, 4P21 yoʻli orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻzgartirildi.
“7-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 73-sonli “Chorsu metrosi — Chinni bozori” yoʻnalishining Chorsu metrosidan borish harakati Sakkokiy va THAY koʻchalari chorrahasidan keyingi birinchi burilib olish manzili orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻzgartirdi.
“7-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 150-sonli “Chilonzor 25-dahasi — Paxtakor metrosi” avtobus yoʻnalishining harakati Furqat koʻchasidan Sebzor, A.Qodiriy, Sebzor, KHAY, Labzak koʻchalari orqali Malika fabrikasi bekatigacha uzaytirildi hamda qaytish yoʻnalishi Labzak, Nurafshon, Sebzor, A.Qodiriy, Sebzor koʻchalari orqali oʻz yoʻnalishi boʻylab tashkil qilinib, yoʻnalish nomi 150-sonli “Chilonzor 25-dahasi — Malika fabrikasi” avtobus yoʻnalishi deb nomlandi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q