Jamiyat
Sinoptiklar Oʻzbekiston boʻyicha 10-12-noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Bugun, juma kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
11-noyabr, shanba kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida, kechga tomon esa Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomgʻir yogʻadi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Yakshanba kuni Oʻzbekiston boʻylab yana yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalabki soatlarda Fargʻona vodiysi viloyatlarida va Toshkent viloyatining baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi.
10-12-noyabr kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Togʻoldi va togʻli hududlarda 11-noyabr va 12-noyabrda kechga tomon yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, Toshkent viloyatining baʼzi joylarida kuchli boʻladi.
Bugun va dam olish kunlari havo harorati kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +13...+18 daraja boʻlishi saqlanib turadi.
Toshkentda 10-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 11-noyabrda kechga tomon yomgʻir yogʻadi. 12-noyabrda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi.
Kunduz kungi harorat bugun va ertaga harorat +16...+18 daraja, yakshanba kuni esa +13...+15 daraja, kechasi +4...+7 daraja atrofida boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 11-noyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q