Madaniyat
Xorazm viloyati “Shovot” chegara bojxona postida bojxona xodimlari 2 dona qadimiy bilaguzukni yashirincha olib chiqishga uringan yoʻlovchini toʻxtatib qolishdi.
Viloyat bojxona boshqarmasiga koʻra, “Shovot” chegara bojxona posti orqali “yashil” yoʻlak orqali harakatlangan ushbu yoʻlovchi 520 grammdan ziyod ogʻirlikdagi bilaguzuklarni qoʻl yuki orasida olib chiqishga uringan.
Sanʼatshunoslik ekspertizasi xulosasiga koʻra — nikel, mis, qalay va kumush aralashmasidan qoʻldan ishlangan ushbu bilaguzuklar XX asr boshlariga mansub boʻlib, tarixiy-badiiy qiymatga ega madaniy boylik hisoblanadi.
Jinoyat ishlari boʻyicha, Shovot tuman sudining qaroriga asosan qadimiy ashyolar davlat egaligiga oʻtkazildi va Xiva “Ichanqalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasiga topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q