 
                   
                    Ilm-fan
Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi oʻzbek-xitoy qoʻshma laboratoriyasi rahbari, mikrobiolog Dilfuza Egamberdiyeva UNESCO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, u mazkur mukofotga oʻsimlik va mikrobiomlarning oʻzaro taʼsiri, oʻsimliklarning stressga chidamliligi, tuproq biologiyasi va mikroblar xilma-xilligi sohasidagi tadqiqotlari uchun loyiq koʻrilgan.
Dilfuza Egamberdiyevaning tadqiqotlari ekologik va ijtimoiy maqbullikka yoʻnaltirilgan.
UNESCO-Karlos Finley mukofoti UNESCO va Kuba hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan ikki yilda bir marotaba beriladigan ilmiy mukofotdir. Mukofot oʻzining sariq zang kasalligi boʻyicha tadqiqotlari bilan mashhur kubalik shifokor va mikrobiolog Karlos Xuan Finley sharafiga qoʻyilgan. Mikrobiologiya sohasida erishgan salmoqli yutuqlari uchun olimlar yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari mazkur mukofot sohibi boʻla oladilar.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109666
             109666
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89831
             89831
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q