Siyosat
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2023-yilning 9-noyabr kuni Italiya Respublikasi prezidenti Serjo Mattarella farzandi Laura Mattarella hamrohligida rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
Oʻzbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning xabar qilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida ularni Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Shundan soʻng, Oliy martabali mehmon oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketgan.
Xabar qilinishicha, tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. Kun tartibidan Oʻzbekiston bilan Italiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Oʻzbekiston prezidentining 2023-yil iyun oyidagi Italiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shuningdek, prezident Serjo Mattarella Samarqand va Xiva shaharlariga tashrif buyurib, Oʻzbekistonning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112435
Jamiyat
95095
Jamiyat
91316
Jamiyat
76013
Jamiyat
//
Izoh yo‘q