Jamiyat
Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun yangi narxlar belgilandi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 8-noyabrdagi qaroriga koʻra, issiqlik energiyasi va issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) 1 Gkal energiya uchun 664 465 soʻm etib belgilanishi maʼqullandi (amaldagi tarif 397 212 soʻm/Gkal).
Shuningdek:
aholi uchun 91 960 soʻm/Gkal (amaldagi tarif 91 960 soʻm/Gkal);
yuridik shaxslar uchun 212 606 soʻm/Gkal (amaldagi tarif 141 737 soʻm/Gkal);
budjet tashkilotlari uchun 801 963 soʻm/Gkal (amaldagi tarif 502 067 soʻm/Gkal) etib belgilandi.
Hujjatda qayd etilishicha, bunga Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti tizimini tubdan yaxshilash, aholini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz va sifatli taʼminlash, shuningdek, issiqlik taʼminoti tizimini boshqarishda samarali va ilgʻor tajribalarni joriy etish maqsadida qaror qilindi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q