Siyosat
Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Siddiqov oʻrindoshlik asosida mamlakatning Kanadadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchisi etib tayinlandi.
Furqat Siddiqov may oyida Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shuningdek, u oktabr oyida Oʻzbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlangani toʻgʻrisidagi ishonch yorligʻi nusxasini topshirgan.
Furqat Siddiqov bungacha Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. U 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “OʻzDeuElektroniks” QK, Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ishlagan.
2002-yildan beri TIV tizimida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Xususan, Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida, Pokistondagi elchi, vazirning oʻrinbosari va birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Ilm-fan
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109743
Jamiyat
94120
Jamiyat
89909
Jamiyat
73110
Jamiyat
//
Izoh yo‘q