Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligiga yana 108 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari topshirildi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati xabar berdi.
Rejalashtirilgan jami 1000 dona avtomobildan 700 tasi respublika tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqda.
Mazkur ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha prezidentining qaroriga muvofiq, Oʻzbekistonda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlovchi Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankining imtiyozli kreditlari hisobidan amalga oshirilmoqda.
20-sentabr kuni Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Surxondaryo va Sirdaryo viloyat filiallariga 100 ta Volkswagen Caddy topshirilgandi.
Prezidentning 2021-yil 27-maydagi va 2022-yil 16-iyundagi qarorlariga muvofiq, tizimdagi mavjud Damas va xizmat muddatini oʻtagan boshqa turdagi transport vositalarini 2022—2024-yillarda yangilash belgilangan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q