Ertaga ham aksariyat hududlarda yomgʻir yogʻib, harorat pasayadi

Saqlash
17:47 / 08.11.2023 1377 1

“Oʻzgidromet” 9-noyabr, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+10 daraja, kunduzi +12...+14 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +0...+5 daraja boʻladi.

1 Izoh

Diyor Saidqulov

19:11 / 08.11.2023

Yomg‘ir bu rizq. Yomg‘irda duolar ijobat bo‘ladi. Yomg‘ir paytida pok bo‘lib duo qilish ham BAXT...

Izoh qoldirish

//